Demo — MedBoss dasturining to'liq, ishlaydigan nusxasi. Ichida namunaviy klinika ma'lumotlari bor: bemorlar, navbatlar, tahlillar va to'lovlar. Xohlagan narsangizni bosib, o'zgartirib ko'rsangiz bo'ladi — hech narsa buzilmaydi.
Har bir rol dasturni boshqacha ko'radi — quyida farqi tushuntirilgan.
Demo yangi oynada ochiladi va login bilan parol maydonlarga avtomatik yoziladi.
Tamom. Agar maydonlar bo'sh qolsa — login/parol buferga nusxalangan, qo'lda qo'ying.
MedBoss'da har bir xodim faqat o'ziga kerakli bo'limni ko'radi. Farqni his qilish uchun bir nechta rol bilan kirib ko'ring.
Maslahat: avval Admin bilan kiring — u hamma narsani ko'radi. Keyin Registratura yoki Shifokor bilan kirsangiz, ruxsatlar qanday cheklanishini darhol sezasiz.
Ro'yxat bo'yicha yursangiz, 5 daqiqada dasturning asosiy oqimini to'liq ko'rasiz — bemor kelganidan to'lov va natijagacha.
Demoga 3 oylik ish tarixi oldindan kiritilgan, shuning uchun statistika va hisobotlar darhol ko'rinadi.
Demo yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi — login va parolni istalgan payt shu yerdan ko'chirasiz.
Demo umumiy namuna. Sizning klinikangizda muolajalar, narxlar, tahlil ko'rsatkichlari va blanklar o'zingizga moslab sozlanadi.