Klinika, shifoxona va laboratoriyalar uchun

Klinikangizni bitta dasturdan to'liq boshqaring

Bemorlar bazasi, navbat, qabullar, statsionar, laboratoriya, ombor, hisob-kitob va real vaqt statistikasi — hammasi MedBoss ichida. Qog'ozbozlik va yo'qolgan pul yo'q.

  • 20+ tayyor bo'lim
  • Telegram bot bilan
  • O'zbek tilida
  • O'z serveringizda
MedBoss

Bosh sahifa

Server ulangan
Kunlik Haftalik Oylik
93Kunlik bemorlar
108Kunlik navbat
11.7 mlnKunlik daromad
98Kunlik qabullar
Bugungi navbat
25
Hamidova ZilolaKardiolog qabuli
10
Toshpo'latov AzizUZI tekshiruvi
09
Ergashev SanjarQon tahlili
08
Nodirova MalikaPediatr qabuli
0tayyor bo'lim
0foydalanuvchi roli
0soat ishlash
0% o'zbek tilida
Imkoniyatlar

Klinika ishining har bir bo'g'ini uchun alohida modul

Registraturadan tortib buxgalteriyagacha — hech qanday qo'shimcha dastur kerak emas.

Bemorlar bazasi

To'liq kartoteka: shaxsiy ma'lumot, tashrif tarixi, tashxislar, hujjatlar va to'lovlar bitta oynada.

Navbat tizimi

Navbatga qo'shish, jonli navbat taxtasi, kutilayotgan navbatlar va shifokorlar bo'yicha taqsimlash.

Qabullar va muolajalar

Muolaja turlari, kichik turlari va narxlari. Qabul natijasi shablon asosida to'ldiriladi.

Laboratoriya

Tahlil buyurtmalari, guruh va ko'rsatkichlar, norma oralig'i, natija kiritish va PDF chiqarish.

Reagent ombori

Reagent partiyalari, sarf harakati, qoldiq nazorati — qaysi tahlil qancha reagent yeganini ko'rasiz.

Statsionar

Yotoqxona, palata va koyka boshqaruvi, yotgan bemorlar, kunlik xarajat va chiqarish jarayoni.

Hisob-kitob va to'lovlar

Naqd, karta va o'tkazma, qisman to'lov, qarzdorlik nazorati va chek chiqarish.

Chiqimlar

Klinika xarajatlarini kategoriyalar bo'yicha yuritish va kunlik/oylik hisobot olish.

Statistika

Tushum, bemorlar oqimi, shifokorlar reytingi va muolajalar kesimida real vaqt tahlili.

Shifokorlar va foizlar

Shifokor bo'yicha daromad hisobi, foiz/ulush, bajarilgan qabullar statistikasi.

Ish jadvali va smena

"Ishni boshlash" tugmasi, smena nazorati, xodimning kelgan-ketgan vaqti.

Foydalanuvchilar va rollar

Admin, shifokor, xodim va bemor rollari — har kim faqat o'ziga tegishli bo'limni ko'radi.

Hamkorlar

Yo'llanma bergan hamkorlar va ular bo'yicha hisob-kitob, komissiya nazorati.

Natija kartalari

Har bir muolaja uchun tayyor shablon: shifokor bir marta sozlaydi, keyin faqat to'ldiradi.

Keyingi qabullar

Takroriy tashrif rejasi va bemorga avtomatik eslatma yuborish.

Qora ro'yxat

Muammoli bemorlarni belgilash — registratura darhol ogohlantiriladi.

Bo'limlar ichida

Dastur qanday ko'rinadi?

Bo'limni tanlang — nima ishlashini shu yerda ko'ring.

Bosh sahifa — kunning butun manzarasi

Direktor ertalab dasturni ochadi va bir ekranda: bugungi bemorlar soni, navbatdagilar, tushum, qarzdorlik va shifokorlar bandligi.

  • Kunlik va oylik ko'rsatkichlar kartalari
  • Tushum grafigi va taqqoslash
  • So'nggi qabullar va to'lovlar oqimi
  • Ogohlantirishlar: qarzdorlik, tugayotgan reagent

Bosh sahifa

Server ulangan 2026 M09 10, Thu
Kunlik Haftalik Oylik Oraliq
Sana: 10.09.2026 Yuklash
93Kunlik bemorlar
108Kunlik navbat
11 755 000Kunlik daromad (so'm)
98Kunlik qabullar
So'nggi bemorlar Barchasi
BemorTelefonTug'ilgan sana
NMNodirova Malika
+998 90 123 45 6714.03.1991
ESErgashev Sanjar
+998 91 234 56 7802.11.1985
YSYo'ldosheva Sabina
+998 93 345 67 8928.06.2004
QOQurbonov Otabek
+998 94 456 78 9019.09.1978
Bugungi navbat Barchasi
25
Hamidova Zilola+998 95 567 89 01
10
Toshpo'latov Aziz+998 97 678 90 12
09
Ergashev Sanjar+998 91 234 56 78
08
Nodirova Malika+998 90 123 45 67

Navbat — registratura yuki ikki barobar yengil

Bemor kelganda bir necha soniyada navbatga qo'shiladi, shifokor o'z ekranida ko'radi va "Qabul qilish" tugmasini bosadi.

  • Navbatga qo'shish va shifokorga biriktirish
  • Jonli navbat taxtasi: kutilmoqda, jarayonda, tugadi
  • Kutilayotgan va rejalashtirilgan navbatlar
  • Navbat raqami va chek chiqarish

Navbatlar

Server ulangan 2026 M09 10, Thu
Navbat boshqaruvi
Ism yoki telefon... Dan:10.09.2026 Gacha:10.09.2026 Filter + Navbatga qo'shish
Navbatda (10) Bajarilganlar (92) Bekor qilinganlar (6)
Qabul turi: Barchasi (10)Kardiolog (3) UZI (2)Pediatr (4)Nevrolog (1)
Doctor: Barchasi (10)Dr. Yusupova (4) Dr. Rahimov (3)Dr. Salimova (3)
NavbatBemorTelefonQabul turiNarxBoshlangan vaqtiDoctor
10 Hamidova ZilolaID: 4821 +998 95 567 89 01 Kardiolog
(kansultatsiya)
200 000 so'm 10.09.2026 15:53
Dr. Yusupova
QabulTugatishChekBekor
9 Toshpo'latov AzizID: 4820 +998 97 678 90 12 UZI
(qorin bo'shlig'i)
150 000 so'm 10.09.2026 15:52
Dr. Rahimov
QabulTugatishChekBekor
8 Nodirova MalikaID: 4818 +998 90 123 45 67 Pediatr
(birinchi ko'rik)
120 000 so'm 10.09.2026 15:48
Dr. Salimova
QabulTugatishChekBekor
7 Ergashev SanjarID: 4817 +998 91 234 56 78 Kardiolog
(qayta ko'rik)
0 so'm 10.09.2026 15:27
Dr. Yusupova
QabulTugatishChekBekor
Jami: 10 ta yozuv

Laboratoriya — buyurtmadan natijagacha

Tahlil buyurtmasi navbatdan avtomatik tushadi, laborant natijani kiritadi, tizim normadan chetlanishni o'zi belgilaydi va PDF tayyorlaydi.

  • Tahlil guruhlari va ko'rsatkichlari, norma oralig'i
  • Natijada avtomatik "norma / yuqori / past" belgisi
  • Blank bilan PDF natija va Telegramga yuborish
  • Reagent ombori: partiya, sarf, qoldiq nazorati

Labaratoriya

Server ulangan 2026 M09 10, Thu
Navbat Labaratoriya turlari Ombor Labaratoriya doktorlari
Kutmoqda (2) Bajarildi (14) Bekor (0) Barchasi (16)
Ishchi:Barchasi Bemor nomi yoki telefon + Navbatga qo'shish
#BemorTahlillarJamiSanaTo'lovHolat
16 Hamidova Zilola+998 95 567 89 01
Dr. Yusupova
Gemoglobin, Eritrotsit, Leykotsit, SOE... 105 000 so'm 10.09.2026 14:18 To'langan Kutmoqda
YakunlashBekorChek
15 Qurbonov Otabek+998 94 456 78 90
Dr. Rahimov
Qand, Xolesterin, ALT, AST... 140 000 so'm 10.09.2026 13:05 To'langan Bajarildi
NatijaKo'rish
Umumiy qon tahlili — natija PDF
Ko'rsatkichNatijaNormaHolat
Gemoglobin138 g/l130–160Norma
Eritrotsit4.74.0–5.1Norma
Leykotsit11.84.0–9.0Yuqori
SOE242–15Yuqori

Statsionar — yotoq va kunlik xarajat nazorati

Palatalar, koykalar va yotgan bemorlar. Har kun uchun muolajalar va xarajatlar yig'iladi, chiqarishda yakuniy hisob tayyor bo'ladi.

  • Palata va koyka bandligi jonli ko'rinishda
  • Bemorning kunlik muolajalari va dori sarfi
  • Yotgan kunlar bo'yicha avtomatik hisob
  • Chiqarish va yakuniy hisob-faktura

Statsionar

Server ulangan 2026 M09 10, Thu
24Jami koyka
17Yotgan bemorlar
7Bo'sh koyka
4 350 000Kunlik statsionar tushumi
Yotgan bemorlar + Yotqizish
PalataBemorTashxisKirgan sanaKunJami hisobHolat
101-1 Ergashev Sanjar+998 91 234 56 78 Bronxit07.09.20263 1 350 000 Yotibdi
MuolajalarChiqarish
101-2 Qurbonov Otabek+998 94 456 78 90 Gastrit08.09.20262 900 000 Yotibdi
MuolajalarChiqarish
102-2 Hamidova Zilola+998 95 567 89 01 Pnevmoniya05.09.20265 2 250 000 Chiqarishga tayyor
MuolajalarHisob-faktura

Moliya — bir so'm ham yo'qolmaydi

Har bir qabul avtomatik hisob-kitobga tushadi. Qisman to'lov, qarzdorlik, chiqim va hamkor komissiyasi — hammasi hujjatlashtirilgan.

  • Naqd, karta va o'tkazma bo'yicha kassa
  • Qisman to'lov va qarzdorlik ro'yxati
  • Chiqimlar kategoriyalar bo'yicha
  • Shifokor va hamkor ulushini avtomatik hisoblash

Hisob-kitob

Server ulangan 2026 M09 10, Thu
Kunlik Haftalik Oylik Oraliq
Masul xodim: Barchasi Excel
Davr10.09.2026
11 905 000Jami daromad
99Jami qabullar soni
0Qarzdorlar ro'yxati
Qabul turlari bo'yicha hisobot Chop etish
#Qabul turiNarx (so'm)Qabullar soniJami daromad (so'm)
1Pediatr120 000526 240 000
2Kardiolog200 000142 800 000
3UZI150 000121 800 000
4Nevrolog130 00081 040 000
5Massaj60 000160 000
Jami8711 940 000
Statsionar tushumlari Batafsil
Ko'rsatkichQiymat
Yotgan bemorlar17
Jami daromad4 350 000
Labaratoriya tushumlari
Ko'rsatkichQiymat
Buyurtmalar soni12
Jami daromad2 265 000
Doctor bo'yicha daromad hisoboti
#Doctor nomiQabul turiQabullar soniJami daromad (so'm)
1
Dr. Salimova N.
Pediatr21 ta2 520 000 Ko'rish
2
Dr. Yusupova D.
Kardiolog12 ta2 400 000 Ko'rish
3
Dr. Rahimov B.
UZI10 ta1 500 000 Ko'rish
Jami99 ta11 905 000

Statistika — qaror uchun raqamlar

Qaysi shifokor ko'p daromad keltiryapti, qaysi muolaja talab ko'p, qaysi kun band — taxmin emas, aniq raqam.

  • Kun, hafta, oy va yil kesimida tushum
  • Shifokorlar reytingi va qabullar soni
  • Muolajalar va tahlillar bo'yicha talab
  • Excel va PDF ga eksport

Statistika

Server ulangan 2026 M09 10, Thu
Kunlik Haftalik Oylik Oraliq
Dan:01.09.2026 Gacha:10.09.2026 Yuklash
169 475 000Jami tushum
1 594Jami qabullar
167 690 000Doctor tushumi
8 935 000Jami chiqim
Tushum (kunlar bo'yicha)
01.0903.0905.0907.0909.0910.09
Qabullar soni
01.0905.0910.09
Chiqimlar
01.0905.0910.09

Ish jadvali — kim qachon ishladi

Xodim ishga kelganda dasturda "Ishni boshlash" tugmasini bosadi, ketishda yopadi. Oy oxirida kim necha soat ishlagani taxmin emas, aniq raqam bo'lib turadi.

  • Smena boshlanishi va tugashi avtomatik yoziladi
  • Ochiq smenalar jonli ko'rinadi
  • Xodim va davr bo'yicha umumiy ish vaqti
  • Telegram orqali rahbarga smena xabari

Ish jadvali

Server ulangan 2026 M09 10, Thu
Ish jadvali
Xodimlarning ishga kelgan va ketgan vaqtlari
Kunlik Haftalik Oylik Oraliq
Xodim:Barchasi Yuklash
12Bugungi smena
9Hozir ishlayapti
67s 33dUmumiy ish vaqti
09:42O'rtacha kelish vaqti
Jami 12 ta smena  •  umumiy ish vaqti 67 soat 33 daq  •  9 ta smena hozir ochiq
XodimRoliSanaIsh boshladiIsh tugatdiDavomiyligiQabullarHolat
Salimova NigoraShifokor2026-09-1009:36Ish davom etmoqda6 soat 23 daq21Ochiq
Rahimov BekzodShifokor2026-09-1009:35Ish davom etmoqda6 soat 23 daq10Ochiq
Nazarova DilnozaXodim2026-09-1009:08Ish davom etmoqda6 soat 51 daqOchiq
Yusupova DurdonaShifokor2026-09-1010:1315:245 soat 11 daq12Yopilgan
Karimov JasurXodim2026-09-1010:38Ish davom etmoqda5 soat 20 daqOchiq

Doctor hisob-kitobi — foiz bo'yicha to'liq shaffoflik

Har bir shifokorning ulushi avtomatik hisoblanadi. Qaysi bemordan qancha tushgan, undan shifokorga qancha tegishli va klinikaga qancha qolgan — bitta ekranda, bahssiz.

  • Shifokor foizi (masalan 60%) bo'yicha avtomatik hisob
  • Jami tushum, shifokor daromadi va klinika foydasi alohida
  • To'lov turlari kesimi: naqd, o'tkazma, terminal, QR, qarz
  • To'langan va qolgan qarz nazorati, Excel va chek

Doctorlar

Server ulangan 2026 M09 10, Thu
Orqaga Doctor hisob-kitob Hodim:Barchasi
Dr. Salimova Nigora +998 90 111 22 33  60% ulush
Chek Barchasini to'landi Excel
Jami tushum3 150 000
Jami daromad (60%)1 890 000
Klinika foydasi1 260 000
To'langan0
Qolgan qarz1 890 000
To'lov turlari
Naqd (Cash)2 400 000
O'tkazma150 000
Terminal600 000
QR to'lov0
Qarz (Debt)0
#Bemor nomiTo'lov vaqtiQabul turiJami tushumDaromad (60%)To'landi
1 Nodirova Malika 10.09.2026 09:00 Pediatr · birinchi ko'rik 150 000 so'm 90 000 so'm To'landi
2 Ergashev Sanjar 10.09.2026 09:05 Pediatr · birinchi ko'rik 150 000 so'm 90 000 so'm To'landi
3 Yo'ldosheva Sabina 10.09.2026 09:12 Pediatr · qayta ko'rik 0 so'm 0 so'm To'landi
4 Qurbonov Otabek 10.09.2026 09:18 Pediatr · birinchi ko'rik 150 000 so'm 90 000 so'm To'landi
5 Hamidova Zilola 10.09.2026 09:25 Pediatr · birinchi ko'rik 150 000 so'm 90 000 so'm To'landi
Jami:3 150 000 so'm1 890 000 so'm
Telegram bot

Klinika cho'ntagingizda

MedBoss'ning o'z Telegram boti bor. Direktor ofisda bo'lmasa ham kunlik hisobotni oladi, bemor esa natijasini kutib o'tirmaydi.

  • Kunlik avtomatik hisobotHar kuni belgilangan vaqtda tushum, chiqim va bemorlar soni direktorga yuboriladi.
  • Bemorga natijaTahlil natijasi tayyor bo'lishi bilan PDF ko'rinishida bemorga tushadi.
  • Qabul eslatmasiKeyingi tashrif haqida bemorga avtomatik eslatma boradi.
  • Smena xabarlariXodim ishni boshlaganda va tugatganda rahbarga xabar keladi.
MedBoss Bot
Kunlik hisobot — 05.09
Bemorlar: 124
Tushum: 14 600 000 so'm
Chiqim: 3 200 000 so'm
Sof foyda: 11 400 000 so'm
Tahlil natijasi tayyor
Karimova M. — Umumiy qon tahlili
natija.pdf
Rahmat 👍
Eslatma
Ertaga soat 10:00 da Dr. Aliyev qabuli.
Qanday ishlaydi

Ishga tushirish — 4 qadam

Siz faqat klinikangiz haqida gapirasiz, qolganini biz qilamiz.

1

Bog'lanish va tanishuv

Klinikangiz qanday ishlashini o'rganamiz: qancha shifokor, qaysi xizmatlar, qanday hisob-kitob.

2

Sozlash

Muolaja turlari, narxlar, tahlil ko'rsatkichlari, shifokorlar va foydalanuvchilar tizimga kiritiladi.

3

O'rgatish

Registratura, shifokor, laborant va buxgalter uchun amaliy o'quv. O'zbek tilida qo'llanma beriladi.

4

Doimiy qo'llab-quvvatlash

Ishga tushgandan keyin ham aloqadamiz: yangilanishlar, sozlash va texnik yordam.

Nega MedBoss

Nima uchun aynan shu tizim

Ma'lumot sizniki

Dastur o'z serveringizda yoki ajratilgan serverda ishlaydi. Bemorlar bazasi begona qo'lga tushmaydi.

To'liq o'zbek tilida

Interfeys, hujjatlar va qo'llab-quvvatlash — hammasi o'zbekcha. Xodim o'rganishga hafta sarflamaydi.

Tez va yengil

Kompyuterga o'rnatiladigan dastur — brauzer sekinligi yo'q. Zaif kompyuterda ham raqib.

Klinikangizga moslanadi

Muolajalar, tahlil shablonlari, blank va chek — hammasi sizning tartibingiz bo'yicha sozlanadi.

Rollar va nazorat

Har bir foydalanuvchi faqat o'ziga ruxsat etilgan bo'limni ko'radi. Kim nima qilgani yozilib boradi.

Jonli yordam

Muammo chiqsa telefon yoki Telegram orqali darhol bog'lanasiz — javob kutib qolmaysiz.

Dasturni o'z ko'zingiz bilan ko'ring

Demo — haqiqiy dasturning to'liq nusxasi. Har bir rol uchun alohida login tayyor: kirib, bemor qo'shib, navbat ochib va tahlil natijasini kiritib ko'ring.

Demoga kirish
Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Ha. Server klinikangiz ichida joylashtirilsa, dastur lokal tarmoqda internetsiz to'liq ishlaydi. Telegram bot va masofadan kirish uchungina internet kerak bo'ladi.

Cheklov yo'q. Registratura, shifokorlar xonalari, laboratoriya va buxgalteriya — kerakli barcha kompyuterlarga o'rnatiladi, hammasi bitta bazaga ulanadi.

Ha. Excel, boshqa dastur eksporti yoki bazadan bemorlar va xizmatlar ro'yxatini ko'chirib beramiz. Buni ishga tushirish bosqichida hal qilamiz.

Avtomatik zaxira nusxa (backup) sozlanadi. Kerak bo'lsa nusxa boshqa serverga yoki bulutga ham yuboriladi.

Albatta. Logotip, klinika nomi, manzil, imzo va muhr joyi — natija PDF blankasi sizning ko'rinishingizda chiqadi.

Odatda 1–3 kun. Interfeys o'zbek tilida va oddiy bo'lgani uchun registratura xodimi birinchi kunidayoq mustaqil ishlay boshlaydi.

Narx klinikangiz hajmi va kerakli bo'limlarga qarab belgilanadi. Pastdagi formani to'ldiring yoki Telegram orqali yozing — aniq taklif tayyorlab beramiz.

Bog'lanish

Buyurtma va maslahat uchun

Ma'lumotlaringizni qoldiring — biz o'zimiz bog'lanamiz. Yoki to'g'ridan-to'g'ri yozing.

MedBoss — Klinika boshqaruv tizimi

Klinikangiz uchun ishonchli boshqaruv tizimi

Telefon
Telegram
Instagram
Email
Manzil

Ma'lumot qoldiring

Formani to'ldiring — ish vaqtida qo'ng'iroq qilamiz.